» » O‘zbekistonda duty-free do‘konlarini shaharlarda ham ochish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda duty-free do‘konlarini shaharlarda ham ochish taklif qilinmoqda


Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni tayyorladi. Tegishli loyiha Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida joylashtirildi, deya xabar bermoqda Spot.

Hozir O‘zbekistondagi bojsiz savdo do‘konlari (duty-free) ikki turga bo‘linadi: O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tayotgan jismoniy shaxslar va TIVda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijliklar uchun.

Qo‘mita do‘konlarning uchinchi turi — O‘zbekiston hududida vaqtincha bo‘lib turgan chet elliklar uchun savdo qiladiganlarini ochishni taklif qilmoqda. Bu yerda O‘zbekiston bojxona hududiga olib kirilgan yoki mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlar milliy va xorijiy valyutada sotiladi.

Ushbu o‘zgarishlar duty-free do‘konlarini nafaqat aeroportlar, balki shaharlarda ham ochish va mamlakatda shoping-turizmni rivojlantirish imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют