» » Shifokorlar noto‘g‘ri tashxis sabab bemorning ikkala buyragini olib tashladi va uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Shifokorlar noto‘g‘ri tashxis sabab bemorning ikkala buyragini olib tashladi va uning o‘limiga sababchi bo‘ldi


Koloradolik ayol shifokorlarning xatosi sabab hayotdan ko‘z yumdi. Unga noto‘g‘ri tashxis qo‘yilgan va ikkala buyragi olib tashlangan. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

73 yoshli Linda Vulli 2018-yil mart oyida saraton tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan. May oyida uni operatsiya qilib, ikkala buyragini olib tashlashgan. Tibbiy yordam ko‘rsatilganidan keyingina shifokorlar xato qilganini bilib qolgan: bemorning organlarida zararli o‘simta belgilari bo‘lmagan.

Vulli operatsiyadan so‘ng qattiq azob chekkanini aytgan.

“Ular mendan buyrak qarzdor,” — degan 2018-yilgi intervyularidan birida.

2018-yil noyabrda ayol shifokorlar unga sog‘lom buyraklarni ko‘chirib o‘tkazishiga umid qilayotganini ma’lum qilgan.

U bemorlarga kasallik belgisi ko‘ringanida ikki marotaba tekshiruvdan o‘tishni maslahat bergan.

“Odam kasalxonaga tushgach, hech qanday chorasi qolmaydi. U faqatgina shifokorning yordamidan umid qiladi, xolos. Bu esa meni qo‘rqitadi, — degan edi Vulli.

Linda Vulli 1-fevral, juma kuni, operatsiyadan sakkiz oy o‘tgach vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2019, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют