» » Fransiya prezidenti Makron Germaniya kansleri Merkel bilan chiqish qilishdan bosh tortdi

Fransiya prezidenti Makron Germaniya kansleri Merkel bilan chiqish qilishdan bosh tortdi


Fransiya prezidenti Emmanuel Makron xavfsizlik masalalari bo‘yicha Myunxen konferensiyasiga tashrifini bekor qildi. Bu haqda Suddeutsche Zeitung gazetasi xabar bermoqda.

Bunday qaror Makronning GFR kansleri Angela Merkel bilan qo‘shma matbuot-konferensiyasini ham bekor qiladi. U konferensiyaning ikkinchi kuni, 16-fevralga rejalashtirilgan edi.

Nashrning ta’kidlashicha, bunga yetakchilar jadvallarining mos tushmaganligi sabab qilib ko‘rsatilgan. Makron tashrifining bekor qilinishi Berlin bilan “Shimoliy oqim-2” loyihasini amalga oshirish masalasidagi ziddiyatlar fonida yuz berdi. Nashr oxirgi vaqtlarda Fransiya va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlarda asta-sekin sovish kuzatilayotganligini ta’kidlaydi.

Myunxen konferensiyasi 15—17-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2019, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют