» » Namanganda 50 ming dollar evaziga hokim qarorini va’da qilgan shaxs 5 yilga qamaldi

Namanganda 50 ming dollar evaziga hokim qarorini va’da qilgan shaxs 5 yilga qamaldi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudida 50 ming dollar evaziga 6,5 gektar yer uchun hokim qarorini va’da qilgan shaxsga nisbatan hukm chiqarildi. Bu haqda “Daryo”ga shahar sudi sudyasi Nodirbek Raimqulov ma’lum qildi.

2018-yilning 11-oktabr kuni Namangan viloyat IIBga N.O. ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida 10-oktyabr kuni molxona qurish uchun yer maydoni ajratish yuzasidan Mingbuloq tumani hokimligiga borganida, u yerda bo‘lgan X.M. o‘zini tumandagi “Shuhrat Abdulqosimovich” nomli fermer xo‘jaligi rahbari deb tanishtirganligini ma’lum qilgan.

X.M. unga o‘zining fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 6,5 gektar yer maydoniga molxona qurish uchun tuman hokimi qarorini chiqartirib berishini aytib, evaziga 50 ming AQSh dollari berishini so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan shu kuni viloyat IIB hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Mingbuloq tumanidagi akasining “Shuhrat Abdulqosimovich” fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi bo‘lib ishlovchi X.M. Namangan shahrining Go‘zal dahasida ariza muallifi N.O.dan talab qilingan pullardan 10 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

Ushbu holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan X.M.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olinadi.

Sudda X.M.ning sodir etgan jinoiy harakati o‘zining aybiga qisman iqror bo‘lib bergan ko‘rsatmasidan tashqari jabrlanuvchi, guvohlar, tadbir o‘tkazish va ish uchun ahamiyatli bo‘lgan ashyoviy dalillarni olish bayonnomalari, X.M. va N.O.ning o‘zaro suhbati stenogrammasi, olingan ashyoviy dalillar hamda ishdagi mavjud boshqa dalillar bilan o‘z isbotini topdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudida X.M.ga nisbatan 5 yilu 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2019, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют