» » Iroq IShIDga qo‘shni mamlakatlarda “ikkilanmasdan” zarba berishni maqsad qilmoqda

Iroq IShIDga qo‘shni mamlakatlarda “ikkilanmasdan” zarba berishni maqsad qilmoqda


Iroq qurolli kuchlari qo‘shni davlatlardagi IShIDning terroristk guruhlari joylashgan hududlarga ikkilanmasdan zarba beradi. Bu haqda Iroq qurolli kuchlarining bosh qo‘mondoni, bosh vazir Haydar al-Obodiy bayonot berdi, deb yozadi “TASS”.

“Men qo‘shni mamlakatlardagi terroristlar joylashgan hududlarga zarba berishga hech qachon ikkilanmayman, biz ular bilan kurashni davom ettiramiz”, — dedi al-Obodiy, Bog‘dod chegaradosh davlatlar suverenitetini hurmat qilishini ta’kidlagan holda.

Fevral oyining oxirida Iroq qurolli kuchlari ikki mamlakat chegarasidagi Albu-Qamal hududida joylashib olgan terroristik bazalarga havo zarbalarini amalga oshirgan edi. Reyd ikki mamlakat razvedkasining hamkorligi doirasida yuqori darajada o‘tkazilgani xabar berilgan edi. Iroq hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘q qilingan guruhlar Bog‘dodda amalga oshirilgan va o‘nlab tinch aholi vakillarining umriga zomin bo‘lgan teraktlarga bog‘liq bo‘lgan. Iroq bosh vazirining ta’kidlaganidek, operatsiya Damashq bilan oldindan kelishilgan holda amalga oshirilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (8-03-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют