» » Yuridik universitetning Toshkent shahri va viloyati uchun jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan filiali tashkil etiladi

Yuridik universitetning Toshkent shahri va viloyati uchun jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan filiali tashkil etiladi


Toshkent davlat yuridik universitetining Toshkent shahri va Toshkent viloyatining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida yuridik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etiladi. Bu Prezidentning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Filialda “huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash” soha mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriatning maxsus uch yillik dasturi bo‘yicha belgilangan namunadagi diplom berilgan holda amalga oshiriladi;

O‘qitish davlat grantlari asosida amalga oshiriladi. Filial bakalavriatiga qabul kvotasi yiliga 255 kishini, kadrlarni qayta tayyorlash dasturi bo‘yicha esa har olti oyda 50 kishini tashkil etadi;

Adliya vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaning buyurtmalariga muvofiq hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida yuridik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olib, filialga qabul kvotalarini ko‘paytirish yoki kamaytirish huquqi beriladi.

Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasiga byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan alohida shaxslarni yuridik kadrlarni tayyorlash dasturlari bo‘yicha belgilangan kvotalar (davlat grantlari)dan tashqari filialda o‘qitish uchun to‘lovni amalga oshirish huquqi beriladi.

Filial diplomining mavjudligi ichki ishlar organlariga Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida maxsus kasbiy tayyorgarlikni o‘tmasdan, “leytenant” maxsus unvoni berilgan holda xizmatga qabul qilish uchun asos bo‘ladi.

Filialda o‘qishni tamomlagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimida kamida 5 yil ishlab berish majburiyatini oladi.

Filial Toshkent davlat yuridik universitetining tarkibiy bo‘linmasi — yuridik shaxs maqomiga ega oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Filial direktori mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlari bo‘yicha Adliya vaziri o‘rinbosariga, direktor o‘rinbosarlari esa Toshkent davlat yuridik universiteti prorektorlariga tenglashtiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 1) ( 72) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...