» » Xalq bankining Farg‘onadagi bo‘limidan 100 ming dollar yo‘qoldi

Xalq bankining Farg‘onadagi bo‘limidan 100 ming dollar yo‘qoldi


5-fevral kuni Xalq bankining Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumanidagi filialidan 100 ming dollar naqd pul yo‘qolgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Tuman IIB navbatchilik qismiga shu kuni soat 23:40 larda Xalq banki tuman filiali boshqaruvchisi pul yo‘qolganligi aniqlangani to‘g‘risida xabar bergan.

Hozirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va prokuratura xodimlaridan iborat maxsus tergov guruhi tuzilib, voqea joyida tezkor surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan (o‘g‘rilik, juda ko‘p miqdorda) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют