» » AQShda koloradolik erkak unga tashlangan tog‘ sherini bo‘g‘ib o‘ldirdi

AQShda koloradolik erkak unga tashlangan tog‘ sherini bo‘g‘ib o‘ldirdi


Koloradoda sherning hujumiga uchragan odam uni bo‘g‘ib o‘ldirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Erkak Fort-Kollins shahri yaqinidagi Xortrus parkiga yugurishga chiqqan. To‘satdan orqasidan kelayotgan shovqinni eshitgan. O‘girilganida esa 36 kilogramli pumani ko‘rgan. Puma erkakka tashlangan. Lekin erkak uning panjasidan chiqib, hayvonni bo‘g‘ib o‘ldirgan.

“Erkak o‘zini qutqarish uchun qo‘lidan kelganini qilgan. Sher hujum qilgan payt xuddi shu erkak kabi qo‘lingizdan kelgan barcha chorani ko‘rishingiz kerak,” — deydi Colorado Parks xodimi Mark Lesli.

Puma nafasi siqilib, halok bo‘lgan. Erkak esa yuzi, qo‘li, oyog‘i va yelkasidan jarohat olgan hamda shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshilanmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda tog‘ sherlari sabab yigirmaga yaqin odam halok bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют