» » Rossiyalik aktyor Sergey Yurskiy vafot etdi

Rossiyalik aktyor Sergey Yurskiy vafot etdi


8-fevral kuni Sovet ittifoqqi va Rossiya aktyori Sergey Yurskiy 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Bu haqda nashrga uning qizi ma’lum qilgan. “Sergey Yurevich uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng bir necha soat oldin Moskvada vafot etdi”, — degan u.

Dekabr oyida aktyor kasalxonaning infeksion bo‘limiga yotqizilgani haqida xabar berilgan.

Sergey Yurskiy o‘z faoliyati davomida Gorkiy nomidagi Katta dramati teatrda va Mossovet nomidagi teatrda ko‘plab rollarni ijro etgan. “Zolotoy telenok”, “Mesto vstrechi izmenit nelzya”, “Respublika SHKID” kabi filmlardagi rollari aktyorga mashhurlik keltirgan.

U “Zolotaya maska” mukofoti sovrindori va Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist maqomini olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют