» » Farg‘ona viloyati prokurori Beshariqda sayyor qabul o‘tkazdi

Farg‘ona viloyati prokurori Beshariqda sayyor qabul o‘tkazdi


Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida viloyat prokurori tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda mahallalardagi o‘nlab masalalar ijobiy yechimini topdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Sayyor qabul davomida 100 ga yaqin fuqaroning turli masalalarga doir murojaati eshitilib, ulardan aksariyati o‘sha joyning o‘zida ijobiy hal etildi.

Xususan, fuqaro N.G‘ofurova tumandagi bolalar bog‘chasiga, I.Mirzayunusov tuman tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirildi, A.Mamadaliyeva nogironlik aravachasi bilan ta’minlandi.

Shuningdek, yo‘llarni ta’mirlash, elektr, tabiiy gaz, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, ijtimoiy obyektlar faoliyatini yanada rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalarning hal etilishi prokuror nazoratiga olindi.

Tomorqa maydonlarini sug‘orishda yuzaga kelayotgan muammolar, tadbirkorlikni boshlash uchun kredit olish, yo‘llarni ta’mirlash hamda “Tez tibbiy yordam” xizmatining qoniqarsizligi borasida bildirilgan murojaatlar ham atroflicha o‘rganilib, ijrochilarga ularni hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Ma’lumot uchun, 2018-yil davomida viloyatda prokuratura organlari tomonidan 27500 nafardan ortiq fuqaro qabul qilingan. Murojaatlarning 5600 dan ortig‘i ijobiy hal etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют