» » Samarqandda avtomobil o‘g‘risi 6,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Samarqandda avtomobil o‘g‘risi 6,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi


Samarqandda 2 ta avtomobilni o‘g‘irlab, ularni ehtiyot qismlarga bo‘lib sotib yuborgan shaxsning sudi bo‘lib o‘tdi.

G‘ulom Hamroqulov 2018-yilning 14-iyul kuni soat taxminan 12:30 atrofida Samarqand shahrida Imom Buxoriy ko‘chasida joylashgan avtoturargohda U.K.ga tegishli bo‘lgan Nexia mashinasini olib qochib ketgan. U avtomashina ichida bo‘lgan 160 AQSh dollari, 1100 Rossiya rubli, 500 000 so‘m pul hamda 480 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarini yashirin ravishda talon-toroj qilgan. Shuningdek, U.K. va Z.H.ga tegishli bo‘lgan zarur hujjatlarni hamda avtomobilning davlat raqamini yashirib qo‘ygan. Avtomilni esa ehtiyot qismlarga bo‘lib sotib yuborgan.

O‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirgan G‘ulom Hamroqulov 2018-yilning 26-iyul kuni soat taxminan 11:30 atrofida Samarqand shahar “Shodiyona” savdo majmuasi oldida fuqaro Z.B.ga tegishli bo‘lgan Nexia avtomashinasini yashirin ravishda olib qochib ketgan. Z.B.ga tegishli bo‘lgan zurur hujjatlarni yo‘q qilib, avtomashinaning o‘rindiqlari, disk va shinalari, eshik qoplamalari va avtomashina ehtiyot qismlarini sotib, pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning xabar berishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida G‘ulom Hamroqulovning jinoyat ishi yuzasidan sud majlisi bo‘lib o‘tgan. Sudya Zarifa Ahmedova raisligida o‘tkazilgan sud majlisida sudlanuvchi G‘ulom Hamroqulov o‘z aybiga to‘liq iqrorlik bildirdi. Uning aybi sud majlisida so‘roq qilingan jabrlanuvchilar va guvohlarning ko‘rgazmalari bilan to‘liq isbotlandi.

Sud hukmiga ko‘ra, G‘ulom Hamroqulov Jinoyat Kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish) 2-qismining “a,g” va 227-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 2-qismining “a” bandi bilan aybli deb topilib 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют