» » 2019—2020-o‘quv yilida OTMlarga hujjat topshirish tartibi o‘zgaryaptimi?

2019—2020-o‘quv yilida OTMlarga hujjat topshirish tartibi o‘zgaryaptimi?


2019-yildan boshlab barcha Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirish Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi. Bu haqda Davlat xizmatlari markazlari matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Hozirda Davlat xizmatlari agentligi tomonidan vakolatli vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda Hukumatning tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilishi bilan bir qatorda zaruriy choralar ham ko‘rilib borilmoqda.

Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, 2018—2019-o‘quv yilidan boshlab Davlat xizmatlari agentligi tomonidan tajriba tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat test markazi va Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda abituriyentlardan o‘qishga kirish bo‘yicha hujjatlarni 201 ta tuman va shaharlarda faoliyat olib brayotgan DXM orqali qabul qilish amaliyoti joriy etildi.

Ushbu yangilik amaliyotda o‘zining quyidagi ijobiy jihatlarini ko‘rsatdi:

Eslatib o‘tamiz, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirish bo‘yicha davlat xizmatini tumanlardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilishi abituriyentlarga Toshkent shahridagi va respublikaning istalgan hududida joylashgan oliy ta’lim muassasasiga o‘zining tumanidan chiqmasdan turib hujjat topshirish, shuningdek onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hujjat topshirish imkoniyatini yaratadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2019, 15:29)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют