» » Pokiston O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qurilish materiallarini import qiladi

Pokiston O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qurilish materiallarini import qiladi


O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov rahbarligidagi delegatsiyaning Pokistonga tashrifi doirasida O‘zbekistonning Islomoddagi elchixonasida “Savdo karvoni: O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” nomidagi doimiy faoliyat yurituvchi ko‘rgazma zalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Jahon” agentligi xabar bermoqda.

Ko‘rgazma zalida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 170 turdagi mahsulotlar, jumladan, 51 nomdagi qurilish materiallari, 48 nomdagi sanitariya texnikasi, 66 nomda kabel-o‘tkazgichlar va maishiy buyumlar taqdim etildi.

Tadbir davomida Pokistonning Bahria Town qurilish kompaniyasi va “O‘zsanoateksport” o‘rtasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qurilish materiallarini Pokistonga eksportini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Bundan tashqari, xabar berishlaricha, Pokistonning bir qator qurilish kompaniyalari va mobil aloqa operatorlari o‘zbekistonlik sheriklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-03-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют