» » O‘zbekistonda kovrak xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan zavod quriladi

O‘zbekistonda kovrak xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan zavod quriladi


Surxondaryoda kovrak xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan zavod quriladi. Bu haqda Surxondaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi Spot.

Umumiy qiymati 500 ming dollar bo‘lgan ushbu loyihaga ko‘ra, o‘rmon fondi yerlaridan samarali foydalangan holda har yili 1000 gektar maydonda kovrak yetishtirish, 2019-yilning sentabr oyiga qadar yangi zavod barpo etish va kovrak shirasini qayta ishlash liniyasini ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Loyiha doirasida 150 ta yangi ish o‘rni yaratish, yiliga 1 million dollardan kam bo‘lmagan miqdorda mahsulotlar eksportini amalga oshirish rejalashtirilgan.

6-fevral kuni viloyat hokimligida Golden Farms xorijiy korxonasi vakili Narayan Sundaram bilan bo‘lgan muloqotda ham Sherobod tumanida mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib kovrak yetishtirish, uning xomashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan zavod qurish, mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish masalalari muhokama etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют