» » O‘zbekistonda abituriyentlar OTMlarga elektron hujjat topshirishi uchun mo‘ljallangan dastur yaratildi

O‘zbekistonda abituriyentlar OTMlarga elektron hujjat topshirishi uchun mo‘ljallangan dastur yaratildi


Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti mutaxassislari tomonidan abituriyentlarning oliy o‘quv yurtlariga elektron hujjat topshirishi uchun mo‘ljallangan “Universities.uz” dasturi yaratildi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Dastur O‘zbekistondagi barcha OTMlar (manzillar, telefon raqamlari, fakultetlar, yo‘nalishlar, propusklar va hokazo) haqida ma’lumot olish, foydalanuvchi uchun alohida akkaunt ochish, istalgan vaqtda hujjatlarni elektron shaklda yuborish hamda sms-xabar orqali imtihon natijalarini bilish kabi funksional imkoniyatlarga ega.

Shuningdek, ushbu dastur orqali butun dunyo bo‘yicha grantlar, stipendiyalar va yozgi maktablar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

Dastur mualliflariga Intellektual mulk agentligi tomonidan guvohnoma berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют