» » Qashqadaryodagi mavjud 15 ta Xalq qabulxonasiga xizmat avtomobillari topshirildi

Qashqadaryodagi mavjud 15 ta Xalq qabulxonasiga xizmat avtomobillari topshirildi


8-fevral kuni Qashqadaryoning shahar va tumanlaridagi Xalq qabulxonalariga 15 ta Cobalt rusumli zamonaviy xizmat avtomobillari berildi. Bu haqda viloyat hokimligining matbuot xizmati rahbari Bekzod Mamatqulov xabar bermoqda.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, xizmat avtomobillarini Prezident nomidan viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev, viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Abduhalim Xolmahmatov, viloyat prokurori Botir Yusupov va ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Tursunbayevlar topshirgan.

Tadbir davomida Prezidentning joriy yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2019-yil 1-fevraldan Xalq qabulxonalari muammolarni odatdagi tartibga qo‘shimcha tarzda uyma-uy yurish orqali aniqlashi va hal etishi belgilangani, soha xodimlari uchun yaratilayotgan sharoitlar faoliyat samaradorligini yanada oshirishi, ayniqsa, chekka qishloqlarga borish va u yerda istiqomat qilayotgan aholi muammolarini hal etish imkoniyatini kengaytirishi qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют