» » APL. “Man Siti” ertaga “Chelsi” bilan jang qiladi, “Man Yunayted”, “Arsenal”, “Liverpul” bugun o‘ynaydi

APL. “Man Siti” ertaga “Chelsi” bilan jang qiladi, “Man Yunayted”, “Arsenal”, “Liverpul” bugun o‘ynaydi


9-fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 26-tur bahslariga start beriladi.

Turning dastlabki uchrashuvida Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” klubi mehmonda “Fulhem” jamoasini sinovdan o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanadi.

Shu kuni Londonning “Arsenal” klubi safarda “Haddersfild” bilan jang qiladi. Unai Emeri shogirdlari 25-turda Xosep Gvardiola boshliq “Manchester Siti” klubiga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Musobaqa jadvalida hozircha ikkinchi o‘rinda borayotgan Muhammad Saloh yetakchiligidagi “Liverpul” klubi o‘z maydonida “Bornmut” jamoasini sinovdan o‘tkazadi. Uchrashuvlar 20:00 da start oladi.

10-fevral kuni Maurisio Pochettino boshqaruvidagi Londonning boshqa bir klubi “Tottenhem” o‘z uyida “Lester” bilan bahsga kirishadi. To‘qnashuv 18:30 da boshlanishi belgilangan.

Turning markaziy o‘yini “Ittihod” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda musobaqa jadvalini 62 ochko to‘plagan holda boshqarib borayotgan “Manchester Siti” klubi 4-o‘rinda borayotgan “Chelsi” bilan kurash olib boradi.

Sarri boshchiligidagi londonliklar hisobida ayni damda 50 ochko mavjud.

25-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

APL

26-tur bahslari

9-fevral, shanba

10-fevral, yakshanba

11-yanvar, dushanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют