» » La Liga. “Real” bugun Madridda “Atletiko” mehmoni bo‘ladi

La Liga. “Real” bugun Madridda “Atletiko” mehmoni bo‘ladi


8-fevral, juma kuni futbol bo‘yicha La Liganing 23-tur bahslariga start berildi.

Turning ilk o‘yinida “Valyadolid” “Vilyarreal” bilan 0:0 hisobida durang qayd etdi.

9-fevral, shanba kuni turning markaziy o‘yinida Madridning ikki klubi Diyego Simeone qo‘l ostidagi “Atletiko” hamda Santyago Solari boshliq “Real” musobaqa jadvalining 2-o‘rni uchun kurash olib boradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi.

10-fevral, yakshanba kuni musobaqa jadvalida kuchli to‘rttalikdan joy olgan “Sevilya” klubi o‘z maydonida “Eybar”ni mehmon qiladi. Uchrashuv 22:30 da start oladi.

Kunning oxirgi o‘yinida Lionel Messi yetakchiligidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi safarda “Atletik Bilbao” bilan jang qiladi. O‘yin tungi vaqt bilan soat 00:45 da boshlanishi belgilangan.

22-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

La Liga

23-tur bahslari

8-fevral, juma

9-fevral, shanba

10-fevral, yakshanba

11-yanvar, dushanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют