» » Debyutant “Dinamo”da yuz foizlik natija, “Paxtakor” Farg‘onada ochko yo‘qotdi, Masharipov “Loko”da pochin golini urdi

Debyutant “Dinamo”da yuz foizlik natija, “Paxtakor” Farg‘onada ochko yo‘qotdi, Masharipov “Loko”da pochin golini urdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 2-turidan joy olgan uch bellashuv xotin-qizlar xalqaro bayrami kuni bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatning amaldagi chempioni “Lokomotiv” o‘z maydonida “So‘g‘diyona” ustidan 3:0 hisobida zafar quchdi. Jizzax klubi bir tur avval “Bunyodkor” maydonida 70-daqiqadan keyin gol o‘tkazib yuborgandi, bu safar “Lokomotiv” stadionida ham shuncha daqiqa turib bera oldi.

“Lokomotiv”dan tashqari Oliy ligaga qaytgan “Dinamo” ham ketma-ket ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Samarqandda “Sho‘rtan”ni qabul qilgan klub 4 yil-u 4 oy oldin o‘zining elitadagi so‘nggi yirik muvaffaqiyatiga erishgandi, deb yozdi “Championat.asia”. “Dinamo” o‘shanda “Andijon” klubini ham 3:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Mavsumni “Qizilqum” ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshlagan “Paxtakor” Farg‘onada 2 ochko yo‘qotdi. “Neftchi”ga qarshi o‘yin davomida darvozalar dahlsiz qoldi.

O‘zbekiston Oliy ligasi
2-tur
8-mart, chorshanba

Gollar: Sardor Sulaymonov, 15 (1:0). Akmal Bozorov, 48 (2:0). Abdumalik Abdullayev, 68 (3:0).

Gollar: Marat Bikmayev, 70-pen (1:0). Timur Kapadze, 82 (2:0). Jaloliddin Masharipov, 84 (3:0).

Опубликовано: admin (8-03-2017, 20:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют