» » Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘yinlari boshlandi

Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘yinlari boshlandi


8-fevral kuni xokkey bo‘yicha O‘zbekistonda ilk marotaba mamlakat chempionati boshlandi. Uchrashuvlar oldidan O‘zbekiston chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.

Tadbirdan so‘ng uchrashuvlarga start berildi. Ilk tarixiy o‘yinda “Toshkent” hamda “Binokor” jamoalari muzga chiqdi. Mazkur bahsda “Toshkent” xokkeychilarining qo‘li baland keldi (5:1).

Ikkinchi o‘yinda esa “Humo” jamoasi “Semurg‘”ga 4:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ma’lumot uchun, 10-fevral, yakshanba kuni 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda “Binokor” “Semurg‘”ga qarshi muzga chiqsa, “Toshkent” “Humo” klubi bilan bellashadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yinlar poytaxtdagi “Ice City” majmuasida o‘tkazilmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют