» » Himolay muzliklarining erishi XXI asr oxirida katta muammoga olib kelishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

Himolay muzliklarining erishi XXI asr oxirida katta muammoga olib kelishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi


Iqlim o‘zgarishi oqibatlaridan nafaqat okean bo‘yida joylashgan mamlakatlar, balki boshqa mintaqalar ham zarar ko‘radi, deb yozadi TravelAsk.

Osiyoning bir vaqtda sakkiz mamlakatlari talablariga binoan o‘tkazilgan global tadqiqotlar kelajakdagi iqlim o‘zgarishlari oqibatlari ularga ham ta’sir etishini ko‘rsatdi.

Bu Himolay va Hindikush tog‘laridagi muzliklarning erishi bilan bog‘liq. Biroq ularning erishi dunyo okeani sathi ko‘tarilishi oqibatida sohil bo‘yi hududlarning yo‘qolib ketishidan ko‘ra ayanchliroq oqibatlarga olib keladi.

Himolay va Hindikush — Yevrosiyoning ulkan tog‘ tizmalari bo‘lib, uning cho‘qqilari balandligi 7—8,8 kilometrga yetadi. Ularda hatto Osiyoga xos issiq yoz oylarida ham muzliklar saqlanib qoladi. Qishda esa qor yig‘ilib, muzliklar miqdori ortadi. Yozda havo harorati ko‘tarilishi bilan muzliklar qisman erib, zaxiradagi chuchuk suv miqdorining bir qismi bilan mintaqadagi yirik daryolarni to‘yintiradi.

Bu jarayon bir necha ming yillar davomida davom etib kelmoqda, biroq olimlarning fikricha, XXI asr oxirlariga kelib vaziyat keskin o‘zgarishi mumkin.

Eng ijobiy prognozlarga ko‘ra, Yer yuzidagi havo harorati asr oxirlariga kelib +1,5 daraja ko‘tariladi. Biroq, dunyoning bir qator hududlari, jumladan Himolayda ham bu ko‘rsatkich +2 darajagacha yetadi. Havo haroratining hatto shunday oz miqdorda ko‘tarilishi ham Himolay va Hindukush tizmalaridagi muzliklarning 30 foizdan ortig‘i yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Bu hodisa taxminan ikki milliard kishi yashaydigan hududda qanday oqibatlar keltirib chiqaradi?

Amudaryo, Hind, Gang, Brahmaputra, Iravadi — bu va boshqa ko‘plab daryolarning kelib chiqishi Himoloy-Hindukush tog‘ tizmalaridagi muzliklardan boshlanadi. Muzliklar erishi oqibatida mutaxassislar ushbu daryolar quyi oqimida suv toshqini bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Biroq, eng yomoni, muzliklar miqdori eriganidan keyin sodir bo‘ladi. Mavjud zaxiralar yoz mavsumida, ayniqsa Markaziy Osiyoning qurg‘oqchil hududlarida zarur miqdordagi suv bilan ta’minlash uchun yetarli bo‘lmay qoladi. Hatto musson yomg‘irlariga ega Janubi-Sharqiy Osiyoda ham muzliklar erishi natijasida chuchuk suv yetishmovchiligi kuzatiladi.

Shuningdek, muzliklar erishi natijasida mintaqadagi atmosfera ifloslanishini darajasi yanada kuchayadi. Sir emaski, Xitoy atmosferani ifloslantiruvchi qudratli sanoatga ega mamlakat hisoblanadi. Uning ifloslantiruvchi moddalari Himolayning sakkiz ming metr balandlikdagi cho‘qqilarida ham topilgan.

Atmosferaga issiqxona gazining chiqarilishi oqibatlari nafaqat qutb hududlaridagi muzliklarga, balki Himolay tog‘laridagi muzliklarga ham ta’sir ko‘rsatdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют