» » Xorazmda 27 yoshli retsidivist o‘zini tadbirkor qilib ko‘rsatib, odamlarni bir necha o‘n million so‘m va bir necha ming dollarga chuv tushirdi

Xorazmda 27 yoshli retsidivist o‘zini tadbirkor qilib ko‘rsatib, odamlarni bir necha o‘n million so‘m va bir necha ming dollarga chuv tushirdi


Xorazm viloyatining Xonqa tumanida istiqomat qiluvchi, 1992-yilda tug‘ilgan I.S. oltin buyumlarga qiziqishini, ularni sotib olishini aytib, fuqaro I.Yu.ni aldab, 31,5 million so‘mlik tilla buyumlarni olib ketib, qaytarib bermagan. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudi raisi Maqsudbek Qilichev “Daryo”ga ma’lum qildi.

U, shuningdek, fuqaro G.O‘.ning bo‘ynidagi vazni 15 gramm, bahosi 3,45 million so‘m bo‘lgan tilla zanjirni ko‘rib, bir-ikki kun taqib, qaytarib berishini aytib olgan, so‘ng tilla zanjirni boshqa fuqaro — Z.J.ning uyiga olib borib, zanjir o‘ziniki ekanini, agar undan olgan pulini qaytarib bermasa, bemalol sotib yuborishi mumkinligini aytgan.

Ma’lum bo‘lishicha, I.S. fuqaro Z.J.dan 9 million so‘m va 200 dollar (jami 10,62 million so‘m) pul olgan. Shuningdek, fuqaro N.V.dan 8 million so‘m va 7 ming dollar, fuqaro M.U.dan 1900 dollar, fuqaro Ya.M.dan 2000 dollar pul olgan.

U bu pullarning barini o‘zini Yangibozor tumanidagi “Hurliqo” kelin liboslari saloni egasi sifatida tanishtirib, olgan pullariga Turkiyadan kelin liboslari olib kelib, liboslar ijarasidan ko‘p pul topishini, shundan keyin pullarni qisqa muddatda (bir oyda) qaytarib berishini va’da qilib olgan.

Fuqaro I.S.ning xatti-harakatlariga jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudi tomonidan baho berilgan. U Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlariga (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan ko‘p miqdorda sodir etilgan firibgarlik) asosan aybli deb topilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют