» » Surxondaryoda 8 kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan farg‘onalik ayol qo‘lga olindi

Surxondaryoda 8 kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan farg‘onalik ayol qo‘lga olindi


Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida 3-fevral kuni huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida yashovchi D.B. ismli ayol o‘zining shaxsini yashirib, fuqaro M.ga tegishli pasport nusxasi bilan 26-yanvarda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘uruqxonaga joylashgan.

“Shu kuni qiz farzandli bo‘lib, 3-fevral kuni chaqalog‘ini S.A. ismli ayolga 3,5 million so‘mga sotib ketayotgan vaqtida ushlangan”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida. IIV axborotida qayd etilishicha, farg‘onalik ayol bolasini sotib, Toshkent shahriga qaytib ketayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, mazkur holat yuzasidan D.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют