» » Rossiyada vafot etgan vatandoshlarning jasadlarini Vatanga olib kelishda O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatiladi

Rossiyada vafot etgan vatandoshlarning jasadlarini Vatanga olib kelishda O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatiladi


Tashqi ishlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan mehnat migratsiyasida bo‘lib turgan va chet elda vafot etgan vatandoshlarning jasadini O‘zbekistonga olib kelishda amaliy yordam ko‘rsatiladi.

“Agarda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan yaqin qarindoshingiz yoki tanishingiz bunday holatlarga tushib qolganligi va yordamga muhtojligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, Rossiyadagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonasiga yoki Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi”, — deyiladi TIV axborotida.

Ma’lumot uchun, Tashqi mehnat migratsiyasining Rossiyadagi vakolatxonasi Moskva shahrida, 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2 (1-y Kazachiy pereulok, 11/2) manzilida joylashgan (telefon raqami: +7-903-507-76-67).

Agentlikning O‘zbekistondagi manzili esa quyidagicha: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi, 1-uy. Telefon raqami: (+998-71) 202-33-55 (ichki raqam: 16, 17). Telegram’dagi kanali: @migration_uz.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat avval bir qator OAV va ijtimoiy tarmoqlarda 5-yanvar kuni Moskvada fojiali tarzda halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosining qarindoshi tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevga yo‘llangan videomurojaat e’lon qilingan edi. Unda murojaatchi Rossiyada halok bo‘lgan vatandoshlarning jasadlarini Vatanga qaytarishda yordam ko‘rsatishni so‘ragandi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 6-fevral kuni Rossiyadagi qurilishlar vaqtida halok bo‘lgan ikki o‘zbekistonlikning jasadini Vatanga qaytarishda yordam ko‘rsatilishini e’lon qildi. Ayni vaqtda, Rossiyaning Zaraysk shahrida bir necha oydan beri komada yotgan O‘zbekiston fuqarosi vazirlik huzuridagi jamg‘armasi hisobidan Namangan viloyatiga qaytarilgani ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют