» » La Liga. Madrid derbisida “Real” g‘alaba qozonib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi (video)

La Liga. Madrid derbisida “Real” g‘alaba qozonib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi (video)


9-fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 23-tur bahslari doirasida 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Turning markaziy o‘yini Madridning ikki klubi “Atletiko” hamda “Real” qarshiligi ostida o‘tdi.

1-bo‘limning 16-daqiqasida “Qirollik klubi” yarim himoyachisi Kazemiro Yan Oblak qo‘riqlayotgan darvozaga “qaychi” uslubida gol urdi va hisobni ochdi (1:0). Oradan 9 daqiqa o‘tib fransiyalik hujumchi Antuan Grizmann darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi va darvozani ishg‘ol qildi (1:1). 42-daqiqaga kelib, “Atletiko” jarima maydonida Vinisius Juniorga nisbatan qo‘pollik ishlatildi va hakam tomonidan Oblak darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi, uni esa Serxio Ramos aniq amalga oshirdi (2:1).

2-bo‘limning 74-daqiqasida Vinisius Junior o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Garet Beyl Luka Modrich uzatmasini golga aylantirdi (3:1).

Shu tariqa Santyago Solari shogirdlari Diyego Simeone jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

23-tur natijasiga ko‘ra, “Real” musobaqa jadvalida 45 ochko to‘plagan holda “Atletiko”ni quvib o‘tdi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ayni damda “Atletiko”da 44 ochko mavjud.

La Liga

23-tur bahslari

9-fevral, shanba

Gollar: 0:1 — 2 Araujo, 1:1 — 39, penalti, Mata, 2:1 — 62 Molina, 3:1 — 81 Mata.

Gollar: 0:1 — 16 Kazemiro, 1:1 — 25 Grizmann, 1:2 — 42, penalti, Ramos, 1:3 — 74 Beyl.

“Atletiko Madrid”: Oblak, Himenes, Lyuka Ernandes, Arias, Godin, Parti, Saul, Lemar (Peres Vitolo, 59), Korrea (Ernandes, 65), Morata (Kalinich, 71), Grizmann.

“Real Madrid”: Kurtua, Varan, Regilon, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Vaskes, Kroos (Sebalyos, 84), Vinisius Junior (Beyl, 57), Benzema (Dias, 89).

Ogohlantirishlar: Vaskes (22), Grizmann (24), Himenes (41), Ernandes (58), Tomas (62), Rejilon (64), Modrich (66), Morata (69), Nyiges (72), Tomas (80).

Chetlatish: Tomas (80).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют