» » Chikagolik erkak hayotida ilk bor lotereya sotib oldi va 20 mln dollar sohibi bo‘ldi

Chikagolik erkak hayotida ilk bor lotereya sotib oldi va 20 mln dollar sohibi bo‘ldi


Chikagoning Illinoys shtatidan bo‘lgan erkak hayotida ilk lotereya chiptasini sotib olib, 20 million AQSh dollarlik jekpot yutib olgan, deya xabar beradi “ForumDaily”.

U lotereya sotib olishni oldindan rejalashtirmagan, ammo hamkasbi uni 20 AQSh dollari evaziga lotereya sotib olishga ko‘ndirgan.

Lotereya g‘olibining ismi oshkor etilmayapti. Endi g‘olibga 20 yil davomida haftasiga 20 ming AQSh dollaridan to‘lanadi.

Omadli erkak yutib olgan pullariga uy xarid qilishni va biznes boshlashni rejalashtirayotganini aytgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, chipta “Amerika orzusi”ni amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyat bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют