» » Missisipida poyezd 50 yo‘lovchini olib ketayotgan avtobus bilan to‘qnashdi. To‘rt kishi halok bo‘ldi

Missisipida poyezd 50 yo‘lovchini olib ketayotgan avtobus bilan to‘qnashdi. To‘rt kishi halok bo‘ldi


AQShning Missisipi shtatida joylashgan Biloksi shahrida poyezd temiryo‘l kesishmasidan o‘tayotgan avtobusga urildi. Meduza’ning yozishicha, to‘qnashuv vaqtida avtobus ichida 50 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan.

Mahalliy OAV axborotiga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan. Jabrlanuvchilar soni haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Shahar ma’muriyati vakillarining so‘zlariga ko‘ra, poyezd to‘qnashuvdan keyin ham harakatda davom etib, avtobusni taxminan 90 metrcha sudrab borgan.

Associated Press’ning yozishicha, avariyaga uchragan avtobus Biloksida odatda kazinoga borish uchun foydalaniladigan charter bort bo‘lgan; WLOX’ning hodisa guvohlariga tayanib ma’lum qilishicha, yo‘lovchilar orasida yoshi kattalar ko‘p bo‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-03-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 68) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют