» » Demokrat Uorren AQShning prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini ma’lum qildi

Demokrat Uorren AQShning prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini ma’lum qildi


Massachusets shtati Demokratlar partiyasidan chiqqan senator Elizabet Uorren 2020-yildagi AQSh prezidentligi uchun bo‘ladigan saylovlarda qatnashishini rasman e’lon qildi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

“Hozir Oq Uyda o‘tirgan odam bizning mamlakat maqsadiga erisholmayotgani uchun aybdor emas. Bu shunchaki boy va qudratlilarni qo‘llab-quvvatlaydigan, qolganlar haqida qayg‘urmaydigan soxta tizimning natijasidir,” —  dedi Uorren.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi ma’muriyat ishlarini bekor qilishning o‘zi yetarli emas.

“Biz tizimda katta o‘zgarishlar yaratish uchun harakat qilamiz,” — deydi senator.

69 yoshli Uorren bir necha yil universitetda yurispuridentsiyadan dars bergan. Ilk bor 2012-yil Massachusets shtatudan senator etib saylangan. Siyosiy faoliyatida so‘l populizm tarafdori.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют