» » O‘zbekiston delegatsiyasi Berlin xalqaro kinofestivalida xorijiy kinokompaniyalar vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi Berlin xalqaro kinofestivalida xorijiy kinokompaniyalar vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda


O‘zbekiston delegatsiyasi Berlin xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tayotgan Yevropa kinobozorida ilk bor o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Xalqaro kinofestivalda Turkiya, Fransiya, Italiya, Ukraina, Ispaniya, Misr, Buyuk Britaniyaning nufuzli kinokompaniyalari vakillari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Ayni paytda kinofestivalda O‘zbekiston milliy kinokomissiyasini Xalqaro kinokomissiyalar assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lish masalasi ko‘rib chiqilyapti.

Scorpion filmi esa Buyuk Britaniya pavilonida sotilmoqda. An’anaviy o‘tkazilayotgan PROlogue kinofestivali taqdimotlari ham davom etmoqda.

Kinofestivalda hindistonlik superyulduz Ranvir Singx o‘zbek kinosidan takliflar bo‘lsa, bajonidil qabul qilib, o‘zbek aktyorlari bilan birga rol o‘ynash niyati borligini ta’kidladi.

Delegatlar jahon kinosanoati vakillari bilan O‘zbekiston ishtirokida qo‘shma kinoloyihalar qilish hamda chet el kinokompaniyalarini O‘zbekistonga filmlar suratga olish uchun taklif etish yuzasidan hamkorlik aloqalarini o‘rnatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Berlin xalqaro kinofestivalidagi O‘zbekiston pavilonini tashkillashtirishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi yaqindan ko‘maklashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют