» » O‘zbekiston terma jamoasi mart oyida Tailand, Xitoy va Urugvay qatnashadigan musobaqada ishtirok etadi

O‘zbekiston terma jamoasi mart oyida Tailand, Xitoy va Urugvay qatnashadigan musobaqada ishtirok etadi


18—26-mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida bo‘lib o‘tadi “China Cup” musobaqasida Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi qatnashadi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.

Qur’aga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi Tailand bilan, Xitoy esa Urugvay bilan bahsga kirishadi. Ikkinchi o‘yinda dastlabki juftliklar g‘oliblari o‘zaro kuch sinashadi. Shuningdek, birinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lgan jamoalar ham bir biri bilan yana bitta o‘yin o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, “China Cup” musobaqasi ikki yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. 2017-yilgi musobaqada Chili, Islandiya, Xorvatiya va Xitoy qatnashgan. Unda Chili terma jamoasi g‘olib chiqqandi.

2018-yilda esa mazkur musobaqada Urugvay, Uels, Chexiya va Xitoy ishtirok etdi. Bu safar esa Urugvay terma jamoasi g‘olibga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют