» » Kim Chen Inning o‘ldirilgan akasining o‘g‘li videomurojaat e’lon qildi

Kim Chen Inning o‘ldirilgan akasining o‘g‘li videomurojaat e’lon qildi


O‘zini Malayziyada o‘ldirilgan Kim Chon Namning o‘g‘li deb atayotgan yigitga tegishli videomurojaat 7-mart kuni internetda e’lon qilindi. Kim Chon Nam KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi edi, deb yozadi Meduza.

40 soniyalik rolikda ingliz tilida gapirayotgan shaxs o‘zini “shimoliy koreyalik Kim Xan Sol, Kim oilasining vakili” deb tanishtiradi.

“Bir necha kun avval mening otam o‘ldirildi, men hozir onam va singlim bilan birgaman, (shu joyida ovoz o‘chirib qo‘yilgan)… uchun biz juda minnatdormiz va, umid qilamizki, tez orada hammasi izga tushib ketadi”, — deydi u.

Videoda yigit o‘z pasportini ko‘rsatgan, biroq ko‘rsatilgan hujjat sahifasi montaj yordamida qoraytirib qo‘yilgan.

Video qachon va qayerda olingani noma’lum. Rolik shu vaqtgacha noma’lum bo‘lgan Cheollima Civil Defense tashkiloti tomonidan e’lon qilingan bo‘lib, tashkilot saytida qayd etilishicha, u “Kim Chon Nam oilasining omon qolgan a’zolari tomonidan qilingan himoya haqidagi shoshilinch iltimosga javob qaytargan” va “ularni xavfsiz joyga ko‘chirgan” (aynan qayerga ko‘chirgani aytilmagan).

Tashkilot ko‘mak uchun Gollandiya, Xitoy, AQSh va “nomi oshkor etilmagan to‘rtinchi mamlakat”ga, shuningdek, shaxsan Gollandiyaning Koreyadagi elchisiga minnatdorchilik bildirgan.

Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi axborotiga ko‘ra, Birlashish vazirligi Cheollima Civil Defense tashkiloti haqida hech narsa bilmaydi. Agentlikning qayd etishicha, Chxollima — “ulkan masofalarni juda tez bosib o‘ta oladigan afsonaviy otdir”.

Yonhap’ning yozishicha, Janubiy Koreya razvedkasidagi manba videodagi yigit Kim Xan Sol ekanini tasdiqlagan. Buni Associated Press’ning Janubiy Koreyadagi manbalari ham tasdiqlagan.

Agentlik axborotiga ko‘ra, ovoz tahlili bo‘yicha mutaxassislar videodagi ovozni Kim Xan Sol 2012-yili Finlyandiya televideniyesiga bergan intervyusi bilan taqqoslagan va har ikki videodagi shaxs bir kishi ekani ehtimoli “juda yuqori”ligini bildirgan.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Kim Xan Sol 21 yoshda. U Kim Chon Namning ikkinchi turmushidan bo‘lib, ota-onasi va singlisi bilan birga Makaoda yashab kelgan. Xabarlarga ko‘ra, u Bosniya va Fransiyada ta’lim olgan. 2012-yili Finlyandiya televideniyesiga bergan intervyusida har yili qarindoshlarini ko‘rgani KXDRga borishini ma’lum qilgan edi.

KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chon Nam 13-fevral kuni Kuala-Lumpur aeroportida uyushtirilgan suiqasddan so‘ng vafot etdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ikki ayol — Vyetnam va Indoneziya fuqarolari Kim Chon Namning yuziga zaharlovchi modda surtilgan mato tashlagan. Gumonlanuvchilarning har ikkisi hibsda saqlanmoqda.

Malayziya hukumati qotillik Shimoliy Koreya rahbariyati tomonidan uyushtirilgan, deb gumon qilmoqda (bu haqda Malayziya bosh vaziri ochiqchasiga bayonot berdi). O‘z navbatida, KXDR tomoni Kim Chon Nam yurak xurujidan vafot etganini bildirib, Malayziya olib borayotgan tergovga ishonmasligini ma’lum qildi.

Shundan so‘ng Malayziya Shimoliy Koreyaga nisbatan vizasiz tartibni bekor qildi va ushbu mamlakat elchisini o‘z hududidan chiqarib yubordi. Bunga javoban KXDR Malayziya elchisini persona non grata deb e’lon qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-03-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют