» » Rossiyada yumronqoziq Oltin O‘rda xazinasini topishda yordam berdi

Rossiyada yumronqoziq Oltin O‘rda xazinasini topishda yordam berdi


Mariysk davlat universiteti olimlari Astraxan viloyatida XIV asr oxiriga mansub kumush tangalardan iborat xazinani aniqladi. Bunda olimlarga yumronqoziq yordam berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik.

Olimlar Selitrensk shahri hududida, XIII-XV asrlarda Oltin O‘rda poytaxti bo‘lgan Saroy shahri o‘rnida qazilma ishlarini olib borayotgan edi.

Ish faoliyati davomida tadqiqotchilar yumronqoziq unga yer ostida harakatlanishga halal bergan kumush tangalarni tashqariga chiqarib tashlaganini payqab qoladi.

Arxeologlar tangalarni yig‘ib olib, ana shu joyda qazish ishlarini boshlab yuboradi va xazina shu tariqa topiladi.

Mariysk davlat universituti xodimlariga ko‘ra, kumush tangalar xazinasi o‘rta asr tangalarining zarb qilish xususiyatlari hamda Oltin O‘rda pul muomalasi tizimiga oydinlik kiritish imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют