» » Gavayi prokuraturasi suddan Trampning muhojirlar haqidagi yangi farmonini to‘xtatib qo‘yishni iltimos qildi

Gavayi prokuraturasi suddan Trampning muhojirlar haqidagi yangi farmonini to‘xtatib qo‘yishni iltimos qildi


Gavayi shtati prokuraturasi 7-mart kuni federal okrug sudiga AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan 6-mart kuni imzolangan muhojirlar haqidagi ikkinchi farmonning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish haqida da’vo yubordi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Arizada ta’kidlanishicha, yangi farmonda “birinchisidagi kabi muammolar bor — u Konstitutsiya va qonunchilik tomonidan taqdim etilgan juda muhim kafolatlarni tahdid ostiga qo‘yadi”.

Xususan, da’vo arizasida qayd etilishicha, Trampning ikkinchi farmoni Gavayi aholisining nomlari zikr etilgan olti mamlakatdagi qarindoshlari bilan ko‘rishish imkoniyatidan “diniy va kelib chiqishi jihatdan” mahrum qiladi.

Da’voga Gavayi musulmonlari uyushmasi rahbari imom Ismoil Elshih ham qo‘shilgan — uning Amerika vizasiga ega bo‘lmagan suriyalik qaynonasi Trampning farmoni sabab AQSh hududiga kira olmaydi.

AQSh prezidenti Donald Tramp 6-mart kuni qochoqlar va bir qator musulmon mamlakatlar fuqarolarining AQSh hududiga kirishini cheklovchi yangi farmonni imzoladi. Prezident buni terrorchilikka qarshi kurash zarurati bilan izohlamoqda. Hujjat 16-martdan kuchga kiradi.

Yangi hujjat yanvar oyida imzolangan va oxir-oqibat bir qator shtatlarning shikoyatlari sabab sud tomonidan to‘xtatib qo‘yilgan birinchi farmondan bir qadar farq qiladi.

Xususan, yangi farmon Eron, Liviya, Suriya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolarining AQShga kirishini ma’lum muddatga taqiqlaydi, biroq terrorchilikka qarshi kurashda AQSh bilan yaqindan hamkorlik qilayotgan Iroq bu ro‘yxatda yo‘q. Bundan tashqari, yangi farmon grin-kart egalarining AQSh hududiga kirishini kafolatlaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-03-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют