» » Samarqandda sodir etilgan jinoyatlarning 12 foizi firibgarlik bilan bog‘liq

Samarqandda sodir etilgan jinoyatlarning 12 foizi firibgarlik bilan bog‘liq


Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand va Jizzax viloyatlari sudlari sudyalari, prokuratura, ichki ishlar boshqarmalari mas’ul xodimlari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida mintaqaviy seminar o‘tkazildi. Bu haqda “Zarnews” xabar bermoqda.

Unda Oliy sud plenumining 2017-yil 11-oktabrdagi “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori, ushbu toifadagi jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergov va sud amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf qilish hamda yagona sud amaliyotini shakllantirish masalalari muhokama etildi.

Mulkka tajovuz qilish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar orasida o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatlari o‘sishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Shu sababli firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat ishlari soni viloyat sudlari tomonidan ko‘rilgan ishlarning 12 foizini tashkil qiladi.

2018-yil davomida jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudlari tomonidan 591 nafar shaxsga nisbatan 501 ta firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. 491 nafar shaxsga nisbatan hukm chiqarilgan va 100 kishiga nisbatan yuritilgan ishlar harakatdan tugatilgan. Jazo tayinlangan 474 nafar shaxsdan 73 nafariga jarima, 250 nafariga axloq tuzatish ishlari jazosi, 42 nafariga ozodlikni cheklash, 109 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan.

— Sud amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, firibgarlik jinoyatini sodir etayotgan shaxslar fuqarolarni aldashning yangi-yangi usullaridan foydalanmoqda, — deydi jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi raisining o‘rinbosari O‘.Mamadaliyev. — Ularning jinoyatini fosh etish va harakatlariga to‘g‘ri huquqiy baho berish uchun tergovchi va sudyalar o‘rtasida tajriba almashish muhim ahamiyatga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют