» » Sardor Rashidov Portugaliya chempionatida debyut qilgan o‘yinda uning jamoasi javobsiz 10 ta gol o‘tkazdi (video)

Sardor Rashidov Portugaliya chempionatida debyut qilgan o‘yinda uning jamoasi javobsiz 10 ta gol o‘tkazdi (video)


10-fevral, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Portugaliya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan bahsda Sardor Rashidov to‘p surayotgan “Nasional” klubi safarda “Benfika” mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqasidayoq “Benfika” a’zosi Alexandro Grimaldo hisobni ochdi (1:0). 21 va 27-daqiqalarda Haris Seferovich “Nasional” darvozasini ishg‘ol qildi va dublga erishdi. 85 va 90-daqiqalarda Jonas ham gol urib, dubl qayd etdi. Joao Feliks, Pitssi, Fransisko Ferreira, Ruben Diash, Rafa Silva ham o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa “Nasional” Sardor Rashidov debyut qilgan bellashuvda yirik 0:10 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi hamda Toshkentning “Lokomotiv” klubi sobiq yarim himoyachisi Sardor Rashidov 16-yanvar kuni Portugaliyaning “Nasional” klubiga o‘tgandi.

Primeyra liga

21-tur bahsi

10-fevral, yakshanba

Gollar: 1:0 — 1 Grimaldo, 2:0 — 21 Seferovich, 3:0 — 27 Seferovich, 4:0 — 50 Feliks, 5:0 — 54, penalti, Pitssi, 6:0 — 56 Ferreira, 7:0 — 64 Diash, 8:0 — 85 Jonas, 9:0 — 88 Silva, 10:0 — 90 Jonas.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют