» » Navoiy viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Aydarko‘lda ekologik hashar o‘tkazdi (foto)

Navoiy viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Aydarko‘lda ekologik hashar o‘tkazdi (foto)


Navoiy viloyat prokuraturasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning 9-fevral kuni Aydarko‘lda ekologik hashar o‘tkazildi. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va tuman tashkilotlari bilan hamkorlikda “Aydarko‘l” ko‘li qirg‘oqlari atrofida yillar davomida to‘planib qolgan chiqindilardan tozalandi.

Shuningdek hashar ishtirokchilarining sa’y-harakati bilan Nurota tumanining “Temirqovuq” mahallasiga qarashli “Chuqur” quduq”, “Qo‘ziboy” hamda “Poyga” qishloqlari hududlarida ham obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Ekologik hasharga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va tuman tashkilotlaridan 148 nafar xodimlar va 8 ta maxsus avtomashinalar jalb qilindi.

“Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” 1969-yilda Sirdaryo daryosining toshqini hamda Qozog‘iston Respublikasida joylashgan “Chordara” suv omboridan ortiqcha suvlarning chiqarib yuborilishi natijasida Arnasoy, Aydarko‘l va Tuzkon ko‘llarining birlashishi natijasida tashkil topgan.

“Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi”ning umumiy uzunligi 350 kilometrni, eni o‘rtacha 45 kilometrni hamda eng chuqur joyi 45 metrni tashkil etib, 3 700 kvadrat kilometr maydonga ega.

Ko‘llar tizimi O‘zbekistonning Navoiy va Jizzax viloyatlari hududlarida joylashgan bo‘lib, janubiy-g‘arbiy tomoni Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh.

Mazkur ko‘llar tizimda baliqlarning 22 turi va uning sohillarida 220 tur qush hamda 7 turdagi sudralib yuruvchilar yashaydi.

Avvalroq, “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi”ga kiruvchi Tuzkon ko‘li yaqinidagi uchta maydonda O‘zbekistondagi ilk atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha muhandislik qidiruv ishlari amalga oshirilayotgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют