» » Qozog‘istondagi qabristonda o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Qozog‘istondagi qabristonda o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi


11-fevral kuni Atirau viloyati Departamenti rahbari Ayan Duysenbayev jamoatchilik oldida bergan hisobotida Atirau mikrorayonidan topilgan ayol jasadi haqida ma’lum qilgan. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, marhuma ayol O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 26-yanvar kuni musulmonlar qabristonidan yosh ayolning ko‘rpaga o‘ralgan jasadi topilgan. Marhumaning ko‘krak qafasi sohasida jarohat izlari bo‘lgan.

“Jinoyatda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olingan. Tergov harakatlari sir tutilmoqda. Jinoyat ishi bo‘yicha boshqa tafsilotlar oshkor etilmaydi”, — deydi Departament rahbari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют