» » 91 yosh arafasidagi Yelizaveta II ponida sayr qildi (foto)

91 yosh arafasidagi Yelizaveta II ponida sayr qildi (foto)


Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 91 yoshga to‘lishiga bir oy qolganda pakana ot — ponida sayr qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

The Telegraph nashriga ko‘ra, sayr chog‘ida qirolicha, har doimgidek, soch turmagini buzmaslik uchun shlem kiymaslikni ma’qul ko‘rdi.

Yelizaveta II ot ustida o‘zini tutishiga qarab, salomatligi bezovta qilayotgani haqida paydo bo‘lgan ovozalar asossiz ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin.

Otda sayr Buyuk Britaniya qirolichasining sevimli mashg‘uloti hisoblanadi. Yelizaveta II intervyularidan birida, bunday sayrlar uni o‘zini oddiy inson kabi his etishiga imkon berishini bildirgandi.

Опубликовано: admin (8-03-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют