» » Krishtianu Ronaldu ketma-ket 13 ta mavsumdan beri 20 tadan kam gol urmayapti

Krishtianu Ronaldu ketma-ket 13 ta mavsumdan beri 20 tadan kam gol urmayapti


“Yuventus”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatining 23-turida “Sassuolo”ga qarshi kechgan o‘yinda gol urdi (3:0). Bu futbolchining joriy mavsum barcha musobaqalardagi 20-goli bo‘ldi.

Shunday qilib portugaliyalik ketma-ket 13 ta mavsumda kamida 20 tadan gol urdi.

U “Manchester Yunayted” klubida 3 ta mavsum, Madridning “Real” klubida esa 9 ta mavsum kamida 20 ta golga mualliflik qildi.

34 yoshli Ronaldu 2018-yilning yozida “Real”dan 117 million yevro evaziga “Yuventus” tarkibiga kelib qo‘shilgandi.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi Italiya chempionatida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2022-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют