» » “Chelsi” 28 yil ichidagi eng yirik mag‘lubiyatini qabul qildi

“Chelsi” 28 yil ichidagi eng yirik mag‘lubiyatini qabul qildi


“Chelsi” Angliya premyer ligasining 26-turida “Manchester Siti” klubiga 0:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Bu londonliklar uchun 1991-yilning aprel oyidan buyon eng yirik mag‘lubiyat hisoblanadi. O‘sha yili London klubi “Nottinghem Forest” jamoasiga 0:7 hisobida yutqazgan.

“Siti” bilan kechgan o‘yinda Rahim Sterling dubl qayd etgan bo‘lsa, Serxio Aguero het-trikka erishdi. Yarim himoyachi Ilkay Gundo‘g‘on ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

26-tur natijasiga ko‘ra, “Manchester Siti” 65 ochko to‘plagan holda (to‘plar nisbatiga ko‘ra) musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Chelsi” esa 6-pog‘onada bormoqda (50-ochko).

Londonliklar APL doirasida so‘nggi 4 ta uchrashuvda atigi bir marta g‘alaba qozondi. “Manchester Siti” (0:6), “Arsenal” (0:2), “Bornmut” (0:4) klublariga mag‘lub bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют