» » Ixtiyor Abdullayev DXX rahbari lavozimini tark etdi. Uning o‘rnini Abdusalom Azizov egalladi

Ixtiyor Abdullayev DXX rahbari lavozimini tark etdi. Uning o‘rnini Abdusalom Azizov egalladi


Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev salomatligi tufayli o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda hukumatdagi axborot manbasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Uning o‘rnini Mudofaa vaziri general-leytenant Abdusalom Azizov egalladi.

Toshkent harbiy okrugi qo‘mondoni Bahodir Qurbonov mudofaa vaziri etib tayinlandi.

Abdusalom Azizov (1960-yilda tug‘ilgan) 2017-yil sentyabridan Mudofaa vazirligini boshqarib kelayotgan edi.

Ixtiyor Abdullayev 2018-yil 31 yanvar kuni DXXga rahbar bo‘ldi. 2015-yildan u O‘zbekiston bosh prokurori, 2009-yildan Prezidentning davlat maslahatchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

General-mayor Bahodir Qurbonov mudofaa vaziri etib tayinlangunga qadar 2018-yil fevralidan Toshkent shahri, poytaxt va Sirdaryo viloyatlari hududini o‘z ichiga olgan Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilgan. Bunga qadar 2015-yil dekabridan IIBB rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют