» » Dubay hukmdori: “Jamoamning katta qismi — ayollar”

Dubay hukmdori: “Jamoamning katta qismi — ayollar”


Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti va Dubay amirligi hukmdori Shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida BAA ayollariga tabrik tayyorladi. Bu haqda  “Russianemirates.com” nashri xabar berdi.

U ijtimoiy tarmoqlarda quyidagich xabar qoldirgan:

Jamoamning katta qismi — ayollar. Men ularga minnatdorchilik bildiraman va har bir vazirni hamda hukumat yetakchilarini ertaga o‘z jamoasidagi ayollarga hurmat ko‘rsatishga chaqiraman. Biz ayollarning BAA rivojidagi katta hissasini faxr bilan tan olamiz.

Shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum, Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti va Dubay amirligi hukmdori

Tabrik bir necha soat ichida 29 mingdan ortiq layk yig‘di. Ko‘plab kuzatuvchilar hokimga ayollarni doimiy qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shayx Muhammad ayollarni tabriklagan yagona yetakchi bo‘lmadi. Millat onasi Fotima bint Muborak 7-mart, seshanba kuni o‘zining tabrik so‘zida ayollarning BAA rivojidagi hissasini yuqori baholagan. Oilaning taraqqiyot jamg‘armasi raisi va onalik va bolalik masalalari bo‘yicha Oliy kengash raisining ta‘kidlashicha, Amirliklar dunyodagi ayollarning savodxonligi erkaklarnikidan yuqori bo‘lgan kam sonli davlatlardan biri hisoblanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-03-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют