» » “Barselona” 25 yil ichidagi eng yomon natijasini qayd etdi

“Barselona” 25 yil ichidagi eng yomon natijasini qayd etdi


“Barselona” Ispaniya chempionatining 23-turida “Atletik Bilbao” bilan durang o‘ynadi (0:0).

Joriy mavsumda “basklar” Kataloniya klubidan ikkala o‘yinda ham ochko tortib oldi. Birinchi davrada “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:1 hisobida tugagandi.

“Barselona” klubi 1993/94-yilgi mavsumdan buyon ilk marta bitta mavsumda “Atletik” qarshi kechgan ikkala uchrashuvda ham yuta olmadi.

25 yil oldin “ko‘k-anor ranglilar” mezbonlik qilgan bahsda mehmonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozongandi, Bilbaodagi o‘yin esa durang bilan yakunlangan (0:0).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют