» » Prezident matbuot xizmati: Ixtiyor Abdullayev ikki marta og‘ir operatsiyani boshdan kechirgan

Prezident matbuot xizmati: Ixtiyor Abdullayev ikki marta og‘ir operatsiyani boshdan kechirgan


Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimida ishlab kelgan Ixtiyor Abdullayev sog‘ligi yomonlashgani tufayli o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi.

Prezident matbuot xizmatining yozishicha, Ixtiyor Abdullayev keyingi bir yilda bo‘yin va bel umurtqa pog‘onasida ikki marta og‘ir jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan.

O‘zbekiston Prezidentining Farmoniga binoan, Mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelgan general-leytenant Abdusalom Azizov  Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimiga shu kunga qadar Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida ishlab kelayotgan general-mayor Bahodir Qurbonov tasdiqlandi.

Qurbonov avval Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 17) ( 0) ( 16) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют