» » Serxio Aguero Alan Shirer rekordini takrorladi

Serxio Aguero Alan Shirer rekordini takrorladi


“Manchester Siti” hujumchisi Serxio Aguero Angliya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan bahsda “Chelsi” darvozasiga 3 ta to‘p kiritdi (6:0).

Bu argentinalik uchun APLdagi 11-het-trik bo‘ldi. Mazkur yo‘anlishda Aguero Alan Shirer rekordini takrorladi. Bu haqda Opta xabar berdi.

Bundan tashqari hujumchi APLda o‘z maydoni o‘tkazilgan ketma-ket 2 ta uchrashuvda het-trikka erishgan 5-futbolchi bo‘ldi. 2010-yildan buyon bunday natijani hech kim qayd etmagandi. So‘nggi bor “Chelsi” hujumchisi Didye Drogba ketma-ket 2-uy uchrashuvida 3 ta gol urgandi.

Eslatib o‘tamiz, Aguero joriy mavsum APLda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют