» » Rossiyada O‘zbekiston birjasining birinchi savdo maydonchasi ochildi

Rossiyada O‘zbekiston birjasining birinchi savdo maydonchasi ochildi


7-fevral kuni Rossiyaning “Atlant” kompaniyasi qoshida Chelyabinsk shahrida O‘zbekiston respublika tovar xomashyo birjasining yangi xorijiy savdo maydonchasi o‘z ishini boshladi. Bu haqda Birja matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiyadagi O‘zbekiston birjasining birinchi savdo maydonchasi Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi ko‘magi ostida tashkil etildi.

“O‘zRTXB” AJ savdo maydonchasining taqdimoti Chelyabinsk shahrida o‘tkazilgan “Biznes-2019: Chelyabinsk viloyati tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash tizimida yangilik” anjumani doirasida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Rossiya Federatsiyasi biznes-jamiyatining 400 ga yaqin vakillari ishtirok etdi.

Ayni vaqtda Birja savdolarining elektron tizimiga ulangan yangi savdo maydonchada birja savdolari va “O‘zRTXB” AJ internet savdolarida ishtirok etish uchun xorijiy mijozlardan buyurtmalar qabul qilinmoqda.

O‘zbekiston va Rossiya tadbirkorlari “O‘zRTXB” AJ elektron savdo tizimi orqali nafaqat standartlashtirilgan birja tovarlari, balki keng turdagi boshqa mahsulotlarni ham erkin sotish yoki sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

“O‘zRTXB” AJ savdo maydonchasi orqali savdo qilishning asosiy ustunliklari savdo va hisob-kitoblarning shaffofligi, ishonchli tovar ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita aloqa o‘rnatish, vaqt va mablag‘ tejamkorliligi, shuningdek to‘lov va tovarni yetkazib berishning kafolatlanganligi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zRTXB” AJning xalqaro savdo tarmog‘i shuningdek, Qozog‘iston, Belarus va Xitoyda joylashgan savdo maydonchalarini ham qamrab oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2019, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют