» » Bu haftada O‘zbekistonga Volgabo‘yidan salqin havo massalari kirib keladi

Bu haftada O‘zbekistonga Volgabo‘yidan salqin havo massalari kirib keladi


12-fevralda O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat janubiy viloyatlarda yana nam havo massalarining kirib kelishi hisobiga ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari 5-7 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 14-17 daraja iliqqacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” markaziga tayanib O‘zA ma’lum qilmoqda.

13—14-fevralda esa mamlakat iliq havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi. So‘ng Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Shunda mamlakatning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 14-fevralda kunduz kuni havo harorati 5-10 daraja iliqqacha pasayadi.

15-fevralda hududlarning ko‘p qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 7-12 daraja iliqni tashkil etadi.

16-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 10-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 15) ( 0) ( 15) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют