» » Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkent filiali sentabrdan ishga tushishi mumkin

Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkent filiali sentabrdan ishga tushishi mumkin


Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov va mamlakatga Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) delegatsiyasiga boshchilik qilib kelgan mazkur oliy ta’lim muassasasining prorektori Artyom Malgin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, uchrashuvda tomonlar bahorda poytaxtda MGIMO bitiruvchilarining V xalqaro forumini o‘tkazishni muhokama qilgan, MGIMO Toshkent filiali faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi, binoni ta’mirlash va o‘quv anjomlari bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashgan.

Xabarga ko‘ra, MGIMOning Toshkent filiali joriy yilning sentabr oyidan bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha to‘laqonli faoliyat ko‘rsata boshlashi rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, MGIMO bitiruvchilarining “Birgalikda kelajak sari” nomli I umumjahon forumi 2013-yilda Boku shahrida o‘tkazilib, unda mazkur ta’lim muassasasining 25 davlatdan kelgan 400 ga yaqin bitiruvchilari ishtirok etgan bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2019, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют