» » Jizzaxda biznes-inkubator tashkil etiladi

Jizzaxda biznes-inkubator tashkil etiladi


“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladigan biznes-inkubatorning taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.

Taqdimot “Ilg‘or hudud” loyihasi doirasida viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan tashkil etildi.

Prezidentning 2019-yil 3-yanvardagi “Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan Jizzax viloyatida “Ilg‘or hudud” sinov loyihasi amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi sinov loyihasini tizimli va samarali tayyorlash hamda amalga oshirish uchun mas’ul organ etib belgilangan.

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, viloyat xokimligi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi rahbariyati va mutaxassislari, tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilgan taqdimot marosimida “Ilg‘or hudud” loyihasi doirasida Jizzax shahrida joriy yilning 1 martida biznes-inkubator ochilishi ma’lum qilindi.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ochilayotgan biznes-inkubator Loyiha boshqaruvi milliy agentligining “Ilg‘or hudud” yoshlar ijtimoiy rivojlanish dasturini ishlab chiqishga qaratilgan loyihalaridan biridir. Tadbirda Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashuvchi biznes-inkubator tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad, uning vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Hudud iqtisodiyotini muvaffaqiyatli rivojlantirishning asosiy, yetakchi kuchi, birinchi navbatda, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur sharoit yaratishdir. Shu maqsadda investitsion loyihalar platformasini tashkil etish va ularni moliyalashtirish tizimiga ega bo‘lgan uzoq muddatli strategik dastur zarur.

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan dasturni qo‘llab-quvvatlash strategiyasi ishlab chiqildi. Bu strategiyaning birinchi qadami Jizzaxda biznes-inkubator tashkil etish bo‘ldi. Biznes-inkubator tadbirkorlarga biznes reja ishlab chiqish, moliyalashtirish manbalarini topish, investorlarni jalb etish, loyiha bo‘yicha yuzaga keladigan xavf-xatarlarni to‘g‘ri hisobga olish, mahsulotga bozor topish kabi barcha masalalarda amaliy yordam ko‘rsatadi.

Biznes-inkubator rasman ochilmagan bo‘lsa-da, uning Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Jizzax shahridagi vakolatxonasida joylashgan idorasiga hozirning o‘zida tadbirkorlar murojaat qilishlari mumkin. Shuningdek, uning ommabop messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlardagi akkaunt hamda sahifalari orqali ham murojaat qilish imkoniyati mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют