» » Toshkent viloyatida o‘qituvchilarni obunaga majburlagan maktab direktori vazifasidan ozod etildi

Toshkent viloyatida o‘qituvchilarni obunaga majburlagan maktab direktori vazifasidan ozod etildi


O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarini obunaga majburlanayotganlik holati o‘rganildi. Mazkur jarayonda maktab direktori Shavkatjon Rizayev har bir pedagog xodimga joriy yilning yanvar oyi ish haqini naqd pul ko‘rinishida olishlarini ma’lum qilib, ularni obunaga majburlagani aniqlandi. Bu harakatlari bilan u o‘z lavozim majburiyatlarini takroriy ravishda buzgan. Bu haqda vazirlik xabarida aytiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2018-yilning 28—29-dekabr kunlari Vazirning Huquqiy-nazorat Xizmati xodimlari mazkur maktabning ayrim o‘qituvchilari lavozim vazifalariga zid bo‘lgan aholini ro‘yxatga olish ishlariga jalb etilganliklarini aniqlab, o‘z lavozim majburiyatlariga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani uchun 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktoriga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasi 1-qismiga asosan tegishli chora ko‘rilgan edi. Lekin maktab rahbari o‘ziga berilgan intizomiy jazodan tegishli xulosa chiqarmay, takroran 2019-yil uchun 8 turdagi jurnallar obunasiga o‘qituvchilardan pul yig‘ishni tashkillashtirgani ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘iga asosan direktor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2019, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют